“Ishchi o’rnini har doim ishchi bosadi” mavzusida trening oʻlib oʻtdi
2022-yil 31-oktabr kuni “Menejment va marketing” kafedrasi tomonidan “Ishchi o’rnini har doim ishchi bosadi” mavzusida trening boʻlib oʻtdi. Trening doirasida S.Sobirjonov, D.Jalolova, F.Ilhomjonova, Sh.Ziyayevalar rahbar va xodimlar o'rtasidagi nizolar sabablari, jamoadagi ijtimoiy-psixologik iqlimni optimallashtirish masalalari va ularni bartaraf etish yo’llari haqida atroflicha to’xtalib o’tdi.
Jumladan, trening davomida dotsent., PhD Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich rahbar va xodim o'rtasidagi ziddiyatlarni konstruktiv hal qilishda bir-birining manfaatlarini, rasmiy maqomlardagi farqni, individual psixologik xususiyatlar va hissiy holatni hisobga olish, ziddiyatni turli tomonlardan hal qilishga yondashish orqali yordam berishi xususida to’xtalib o’tdi.
Talabalar bilan suhbat jonli oʻtdi, koʻpgina savollar boʻldi.